Pedagog va öquvçilar bir öquv yilida kamida bir marotaba psixologik diagnostikadan ötkaziladi
2026-10-28 15:35:00 / Yangiliklar

“Uzluksiz ta’lim tizimida psixologik xizmat sohasini ilmiy asosda rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Prezident qarori (PQ–379-son, 19.10.2026-y.) qabul qilindi.
Qarorga köra, barça ta’lim taşkilotlarining pedagog (tarbiyaçi) va öquvçilari (tarbiyalanuvçilari, talabalari) bir öquv yilida kamida bir marotaba maqsadli psixologik diagnostikadan ötkaziladi.
Bunda uşbu tizim:
Birinçi bosqiçda — 2026/2027-öquv yilidan boşlab maktabgaça va umumiy örta ta’lim taşkilotlarida;
Ikkinçi bosqiçda — 2027/2028-öquv yilidan boşlab örta maxsus, kasbiy va oliy ta’lim taşkilotlarida joriy etiladi.
Psixologik diagnostika quyidagi tartibda taşkil etiladi:
Diagnostika Psixologiya ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan maxsus elektron platformada yuritiladi, şaxsga doir ma’lumotlar va diagnostika natijasida ma’lum bölgan ma’lumotlarning sir saqlanişi ta’minlanadi;
Natijalar sun’iy intellekt texnologiyalari orqali tahlil qilinib, pedagog va öquvçilar “psixologik barqaror”, “psixologik qöllab-quvvatlaşga muhtoj” va “faol psixologik qöllab-quvvatlaş zarur” guruhlariga ajratiladi;
“Psixologik qöllab-quvvatlaşga muhtoj” guruhiga kiritilganlarga ta’lim taşkilotining psixologi, “faol psixologik qöllab-quvvatlaş zarur” guruhiga kiritilganlarga esa tegişli hudud böyiça mentor psixolog biriktiriladi.
Kaskadli malaka oşiriş kursiga öqituvçi sifatida jalb etilgan psixologlarga bu davrda asosiy iş joyidagi lavozim maoşiga nisbatan 20 foiz miqdorida ustama tölanadi.
Öquv yili davomida psixologik barqarorlikni ta’minlaşda yuqori körsatkiçlarga erişgan 150 nafar mentor psixolog mehnatga haq tölaşning eng kam miqdorining 20 baravari miqdorida bir martalik moddiy rağbatlantiriladi.
Ta’lim taşkilotlari psixologik xizmat xodimlari beş yilda kamida bir marotaba malakasini oşirişi şart etib belgilanadi.
Nizomiy Ganjaviy nomidagi Özbekiston milliy pedagogika universitetining Psixologiya öquv-ilmiy markazi negizida Psixologiya ilmiy-tadqiqot instituti taşkil etiladi va Ta’lim va ilm-fan vazirligi böysunuviga ötkaziladi.
Institutda 2027-yil 1-yanvardan boşlab quyidagi laboratoriyalar faoliyati yölga qöyiladi:
Raqamli psixologiya va sun’iy intellekt laboratoriyasi;
Ta’lim psixologiyasi va psixologik xizmat laboratoriyasi;
Psixologik salomatlik va profilaktika laboratoriyasi.
