Qashqadaryoda yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-10-23 10:35:00 / Yangiliklar

Qashqadaryo viloyatida yosh ijodkorlar bilan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi. Unda yoshlarning ijodiy g‘oyalari, taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Qarshi ixtisoslashtirilgan san’at maktabida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Nodirbek Sayfullayev ishtirok etdi.
Muloqot davomida Qashqadaryo viloyati madaniyat boshqarmasi tizimida faoliyat yuritayotgan yoshlar rassomchilik, maqom, baxshichilik, cholg‘u ijrochiligi va an’anaviy ijro yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalari, taklif va savollarini bildirishdi.
Nodirbek Sayfullayev yoshlarning murojaatlarini tinglab, ularning ijodiy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, iste’dodini namoyon etishi hamda davlat tadbirlarida faol ishtirok etishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratish muhimligini ta’kidladi.
Uchrashuv yoshlar bilan ochiq muloqot qilish, ularning fikr va takliflarini o‘rganish hamda ijodiy faoliyatini yanada rivojlantirishga qaratildi.



