Özbek tili bayrami kuni munosabati bilan tantanali tadbir bölib ötdi
2026-10-22 10:10:00 / Yangiliklar

21-oktabr — Özbek tili bayrami kuni munosabati bilan poytaxtimizdagi “Özbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida tantanali konsert dasturi taşkil etildi. Unda Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi xodimlari ham iştirok etdi.
Tadbir avvalida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Özbek tili bayrami kuni munosabati bilan Özbekiston xalqiga yöllagan tabrigi Özbekiston xalq yozuvçisi, Prezident maslahatçisi Xayriddin Sultonov tomonidan öqib eşittirildi.
Bayram dasturi taniqli san’atkorlar ijrosidagi kuy-qöşiqlar, sahna körinişlari, monologlar hamda xalq dostonlaridan şe’riy parçalar bilan davom etdi. Unda özbek xalqining boy ma’naviy merosi, milliy san’ati va madaniyatini tarannum etuvçi çiqişlar namoyiş etildi.
Tadbirda ona tilimiz ravnaqiga munosib hissa qöşib kelayotgan yurtdoşlarimiz, yoşlar hamda xorijlik mehmonlar iştirok etdi. Unda özbek tilining xalqaro miqyosdagi nufuzini oşiriş, uning rasmiy muloqotlardagi örnini mustahkamlaş va keng tarğib etiş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Madaniyat vazirligi jamoasi uçun ham ona tilimizni asrab-avaylaş, uning boy imkoniyatlarini san’at va madaniyat vositasida keng tarğib etiş, milliy qadriyatlarimizni kelajak avlodga yetkaziş muhim vazifalardan biridir. Zero, ona tilimiz — milliy özligimiz, ma’naviyatimiz va madaniyatimizning ajralmas timsolidir.
Bayram tadbiri özbek tilining davlat tili sifatidagi maqomini yuksaltiriş, uning jamiyat hayotidagi örnini mustahkamlaş hamda yoş avlod qalbida ona tiliga mehr va hurmat tuyğularini yanada kuçaytirişning muhim ahamiyatini yana bir bor namoyon etdi.








