Raqamli ijodkorlar bilan oçiq uçraşuv bölib ötdi
2026-10-21 18:30:00 / Yangiliklar

21-oktabr kuni Madaniyat vazirligida “Raqamli san’at” ijodiy birlaşmasi tomonidan raqamli ijodkorlar bilan oçiq uçraşuv ötkazildi.
Uçraşuvda Madaniyat vaziri maslahatçisi, birlaşma rahbari Rauf Nabiyev sun’iy intellektni madaniyat va san’at sohasida qöllaş böyiça amalga oşirilayotgan işlar haqida gapirdi hamda iştirokçilarning savollariga javob berdi.
Jumladan, sun’iy intellekt yordamida Amir Temur haqida ikki qismli film, “Örda” video kontenti va beş nafar milliy qahramonimiz haqida videolar tayyorlangan. Milliy madaniyatimizga oid 1 500 dan ortiq segmentni öz içiga olgan ma’lumotlar töplami ham şakllantirilgan.
Şuningdek, teatrlar faoliyatida zamonaviy texnologiyalardan foydalaniş, ijodkorlar uçun ta’lim dasturlarini yölga qöyiş va yangi loyihalarni amalga oşiriş masalalari körib çiqildi.
Oçiq muloqot davomida ijodkorlar özaro fikr almaşib, kelgusidagi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildilar.









