Qaşqadaryo viloyat musiqali drama teatri faoliyati örganildi
2026-10-21 18:25:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 21-oktyabr kuni Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinçi örinbosari Nodirbek Sayfullayev Qaşqadaryo viloyatidagi musiqali drama teatrlari faoliyati bilan yaqindan tanişdi.
Örganiş davomida teatrlarning umumiy faoliyati, ijodiy jamoalar uçun yaratilgan şart-şaroitlar, teatr binolari, tomoşa zallari, işlab çiqariş sexlari hamda kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik holatiga alohida e’tibor qaratildi.
Şuningdek, teatrlarning ijodiy xodimlari bilan uçraşuv ötkazilib, sohani yanada rivojlantiriş, mavjud muammolarni hal etiş va ijodiy faoliyat samaradorligini oşirişga qaratilgan takliflar tinglandi.






