Özbek tili bayrami kuni munosabati bilan Alişer Navoiy haykali poyiga gullar qöyildi
2026-10-21 17:30:00 / Yangiliklar

Bugun, 21-oktabr — Özbek tili bayrami kuni munosabati bilan poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida buyuk ajdodlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltiriş maqsadida tantanali marosim bölib ötdi.
Unda turli vazirlik va idoralar, taşkilot hamda muassasalar vakillari iştirok etib, buyuk mutafakkir va şoir Alişer Navoiy haykali poyiga gullar qöydilar.
Marosim davomida Alişer Navoiyning özbek tili va adabiyoti rivojiga qöşgan ulkan hissasi, boy ma’naviy merosi hamda ona tilimiz ravnaqi yölidagi beqiyos xizmatlari yuksak ehtirom bilan yodga olindi.
Ta’kidlaş joizki, Alişer Navoiy özining bebaho asarlari va betakror ijodi orqali özbek tilining naqadar boy va keng imkoniyatlarga ega ekanini namoyon etib, uning taraqqiyotiga ulkan hissa qöşgan. Bugun ham uluğ mutafakkirning boy merosi ona tilimizni asrab-avaylaş, uning nufuzini yuksaltiriş, yoş avlod qalbida milliy qadriyatlarimizga hurmat va sadoqat tuyğularini şakllantirişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi jamoasi ham ona tilimizni asrab-avaylaş, milliy adabiyotimiz va ma’naviy merosimizni keng tarğib etiş, buyuk ajdodlarimizning bebaho merosini kelajak avlodlarga yetkazişni muhim vazifalardan biri deb biladi.
Mazkur marosim ona tilimizga bölgan yuksak ehtirom, milliy özligimiz va ma’naviy qadriyatlarimizga sadoqatning yorqin ifodasi böldi.
Ona tilimiz — millatimiz ğururi, ma’naviyatimiz közgusi va milliy özligimiz timsolidir!



