O‘zbekiston davlat filarmoniyasida tayinlovlar amalga oshirildi
2024-10-05 13:35:00 / Yangiliklar

Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov boshchiligida O‘zbekiston davlat filarmoniyasida yigilish bo‘lib o‘tdi.
Unda yurtimiz bo‘ylab tashkil etilayotgan nufuzli madaniy tadbirlarning munosib o‘tishini yuqori darajada ta‘minlash, ijodiy jamoalar dasturlarini yanada kengaytirish, yosh iste‘dodlar ijodini qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, tashkilot faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha yangicha yondashuvlarni yo‘lga qo‘yish kabi bir qator masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, yig‘ilishda tashkiliy masala ham ko‘rilib, madaniyat vazirining tegishli buyrug'i bilan Axunov Hotam Hamdamovich O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Bosh direktorining o‘rinbosari, Aytniyazov Mahmutbay Bayniyazovich O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Bosh direktorining maslahatchisi lavozimiga tayinlanganligi ma‘lum qilindi va jamoaga tanishtirlidi.
Bahodir Ahmedov Hotam Axunov hamda Mahmutbay Aytniyazovning kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyatlar tilab, sohani yanada rivojlantirish borasida o’z tavsiyalarini berdi.






