Bahodir Ahmedov xizmat safari bilan Jizzax viloyatida bo‘ldi
2024-10-04 21:00:00 / Yangiliklar
Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov xizmat safari bilan Jizzax viloyatida bo‘lib, madaniyat va san’at muassasalari faoliyati bilan tanishdi.
Viloyatning Do‘stlik hamda Mirzacho‘l tumanlaridagi madaniyat bo‘limi tizimidagi madaniyat markazlari faoliyatini o‘rganib, namunali madaniyat markazlarini ko‘zdan kechirdi.
Shuningdek, Do‘stlik tumanidagi 8-sonli hamda Mirzacho‘l tumanidagi 27-sonli madaniyat markazlarida tashkil etilgan folklor etnografik ansambllar hamda mavjud to‘garaklar faoliyati bilan tanishdi.
Tashrif yakunida Mirzacho‘l tumanidagi 13-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida teatrlar, konsert-tomosha tashkilotlari, ixtisoslashtirilgan san’at hamda bolalar musiqa va san’at maktablari,madaniyat markazlari rahbarlari, madaniyat bo‘limlari mudirlari bilan uchrashib, sohada erishilgan yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan tahliliy va tanqidiy yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda namunali madaniyat markazlarini ta’mirlash va jihozlash ishlarini jadallashtirish hamda o‘z vaqtida foydalanishga topshirish, bolalar musiqa va san’at maktablarini oliy ma’lumotli mutaxassis kadrlar bilan ta’minlash yuzasidan mutasaddilarga tegishli vazifalar belgilab berildi.