Andijonda IV TURKSOY xalqaro teatr festivali davom etmoqda
2026-10-20 21:05:00 / Yangiliklar

Bugun, 20-oktabr kuni festival doirasida Ozarbayjon pantomima teatrining “Iblis” hamda Qozog‘iston yoshlar teatrining “Jibek” spektakllari namoyish etildi. Spektakllardan so‘ng hakamlar hay’ati va ijodiy jamoalar ishtirokida muhokamalar o‘tkazildi.
“ Andijon — 2026-yilda turkiy dunyoning madaniyat poytaxti” doirasida tashkil etilgan festivalda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Ozarbayjon teatr jamoalari ishtirok etmoqda.
22-oktabr kuni lV TURKSOY Xalqaro teatr festivalining yopilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Unda teatr jamoalari turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlanadi.









