Bahodir Ahmedov xizmat safari bilan Toshkent viloyatida bo‘ldi
2024-10-03 07:50:00 / Yangiliklar
2-oktyabr kuni madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov xizmat safari bilan Toshkent viloyatida bo‘lib, viloyatda faoliyat olib borayotgan madaniyat va san’at muassasalari faoliyati bilan tanishdi.
Jumladan, Angren va Ohangaron shaharlari hamda Yuqorichirchiq tuman madaniyat bo‘limi tizimidagi madaniyat markazlari faoliyati o‘rganilib, ta’mirlash ishlari olib borilayotgan namunali madaniyat markazlarini ko‘zdan kechirdi.
Ohangaron shahar Madaniyat bo‘limi qoshidagi "Qurama" folklor-etnografik ansambli, Yuqorichirchiq tumani Millatlar do‘stligi madaniyat markaz to‘garak va ansambllar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va repertuarlar bilan tanishildi.
Tashrif yakunida Bahodir Ahmedov viloyatda faoliyat yuritayotgan Ixtisoslashtirilgan san’at maktablari, Madaniyat bo‘limlari, Bolalar musiqa va san’at maktablari hamda madaniyat markaz rahbarlari bilan uchrashib sohada erishilayotgan yutug‘lar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan tahliliy va tanqidiy yig‘ilish o‘tkazib, tegishli vazifalar belgilab berildi.