36-son “Namuna” madaniyat markazini rekonstruksiya qilish hamda madaniyat markazi faoliyatini qayta tiklash
2026-10-05 17:55:00 / Tanlovlar va tenderlar
DIQQАT E’LON!
Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar!
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi “Iymona land of knowledge” NTM tashabbus bilan Andijon viloyati, Izboskan tumani Navjur, Nur vodiy ko‘chasi 1-uyda joylashgan ta’mirtalab 36-son “Namuna” madaniyat markazini davlat-xususiy sheriklik asosida rekonstruksiya qilish hamda madaniyat markazi faoliyatini qayta tiklash va qo’shimcha ravishda nodavlat ta’lim faoliyatini yo‘lga qo‘yish loyihasi bo‘yicha konsepsiya tasdiqlandi.
Loyiha yuzasidan xususiy sherikni tanlash Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat-xususiy sheriklik sohasini yanada takomillashtirish hamda kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 30-oktyabrdagi 720-son qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Mazkur Loyihani amalga oshirishdan manfaatdor boʻlgan barcha tadbirkorlik subyektlari oʻzining manfaatdorligini maʼlum qilish maqsadida “Qiziqish bildirish uchun soʻrov shakli”ni toʻldirib quyida koʻrsatilgan manzillarga yuborishi mumkin. Ilova qilinayotgan hujjatlar:
Ilova qilinayotgan hujjatlar:
|
|
|
|
|
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va
moliya vazirligi
📧Nasimbek.Nabijonov@imv.uz, dxshtender@imv.uz
☎️ +998 (71) 203-50-50 01879
📍 100017 Toshkent shahri, Istiqlol ko‘chasi 29-uy



