Maʼrifatli jamiyat quramiz
2024-09-24 19:00:00 / Yangiliklar

Soʻnggi yillarda yurtimizda har bir sohada boʻlgani kabi inson huquqlari kafolati borasida ham qator islohotlar olib borildi. Aholini ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qoʻllab-quvvatlash, kambagʻallikdan chiqarish, bandligini taʼminlash, ayniqsa qizlarni ilmli qilish, oʻqishi uchun davlatimiz tomonidan imtiyoz va munosib sharoitlar yaratilayotganligi quvonarli. Tashkilot va idoralarda ayollar va erkaklar mehnat huquqlarini himoyalash, nogironligi boʻlgan shaxslarni faoliyat olib borishida tenglik tamoyiliga amal qilishda qonunchiligimizda mavjud boʻlgan maʼlum bir boʻshliqni toʻldirish borasida islohotlar davom etmoqda. Oʻzbekiston respublikasi konstitutsiyasiga qator oʻzgartirishlar va yangi moddalar kiritilganligi, qator qonunlarni kuchga kirganligi Yurtimizni yangi taraqqiyot bosqichiga chiqayotganligidan darak. Zero bitta joyda toʻxtab qolmaslik, jahon standartlariga moslashish, inson huquqlari, qadr qimmati hamma narsadan ustun degan tamoyilni siyosat darajasiga olib chiqish, iqtisodiy oʻsishga eʼtibor qaratish har bir davlatning yutugʻi.
Yuqoridagi fikrimiz isboti sifatida, prezidentimiz tomonidan “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni imzolandi. Qonunning maqsadi xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Ushbu Qonunda gender siyosati amalga oshirilishini taʼminlashga doir vaqtinchalik maxsus choralar-jinslarning notengligini bartaraf etish, xotin-qizlar va erkaklarning haqiqiy yoki asos boʻladigan tengligini taʼminlash boʻyicha aniq maqsadlarga erishish uchun davlat organlari tomonidan koʻriladigan huquqiy, tashkiliy hamda institutsiyaviy xususiyatga ega chora-tadbirlar asosiy tushunchalar qilib belgilangan.
Gender tushunchasi nima? Dastavval shunga qisqacha toʻxtalib oʻtsak.
Gender — xotin-qizlar va erkaklar oʻrtasidagi munosabatlarning jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, mafkura va madaniyat, taʼlim hamda ilm-fan sohalarida namoyon boʻladigan ijtimoiy jihati;
Gender statistikasi — davlat statistikasining jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida xotin-qizlar va erkaklarning holati toʻgʻrisida har bir jins boʻyicha alohida koʻrsatilgan maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan, har xil jinsdagi shaxslarning ijtimoiy-siyosiy hayotning barcha sohalaridagi tegishli holatini aks ettiradigan, gender muammolarini va jamiyatdagi munosabatlarni yoritadigan qismi;
Gender-huquqiy ekspertiza — normativ-huquqiy hujjatlarni hamda ularning loyihalarini xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini taʼminlash prinsiplariga muvofiqligi yuzasidan tahlil qilish.
Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini taʼminlashning asosiy prinsiplari qilib qonuniylik, demokratizm, xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi, jins boʻyicha kamsitishga yoʻl qoʻyilmasligi, ochiqlik va shaffoflik kiritilgan.
Shuningdek qonunda, Xotin-qizlarning jamiyatdagi ijtimoiy mavqeyini mustahkamlashga, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlashga qaratilgan ijobiy choralarni, Davlat xotin-qizlar va erkaklarga shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni amalga oshirish chogʻida teng huquqlilikni kafolatlaydi.
Qonunlar faqat qogʻozda qolib ketmasligi kerak. “Yangi Oʻzbekistonda maʼrifatli jamiyat qurish” shiori ostida qachonki amalda tadbiq etilsagina jamiyat va davlat taraqqiyotida oʻsish, yuksalish boʻladi. Jamiyatda huquqiy madaniyat qanchalik yuqori boʻlsa muammolar shuncha kamayadi.
Bugungi globallashuv internet va texnika asri rivojlangan zamonda har bir davlat idorasi oʻz vakolatlaridan kelib chiqib, mavjud imkoniyatlarni ishga solib, har bitta qonunni mazmun-mohiyatini targʻib qilib, maqsad vazifalarini oʻz vaqtida toʻlaqonli anglagan holda faoliyat olib borish zarur.
Bugungi yoshlarni biz istaymizmi yuqmi texnika tarbiyalab, texnika katta qilyapti. Bu esa oʻz navbatida maʼsuliyat yukini ogʻirroq yuklaydi.
Madaniyat vazirligida ham birgina Gender tenglik misolida emas balki har bir qabul qilingan qonun, qaror va farmon ijrosini taʼminlash mazmun mohiyatini xalqimizga tushunarli tilda yetkazish borasida bir qator amaliy amalga oshirilib kelinmoqda. Qonunda belgilangan chora tadbirlar rejasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan qonunning mazmun mohiyatini madaniy soha vakillarini jalb etilib qator targʻibot tadbirlari tashkil qilindi. Faqat tadbirlar bilan cheklanib qolmay, insonlar hayotida, xodimlar hayotida qonunning amaliy ifodasini tadbiq etish borasida qator ishlar olib borilmoqda. Tenglik tamoyiliga amalga qilgan holda markaziy apparat xodimlari bilan bir qatorda tizim tashkilot xodimlari orasida yuqori salohiyatga ega boʻlgan, oʻzini namunali kursata olgan xodimlar tanlov asosida kasbiy malakasini oshirish, tajriba almashish maqsadida dunyoning rivojlangan davlatlarida oʻqitish yoʻlga qoʻyilib, ularni kasbiy mahorati boʻyicha sharoit yaratib berish yoʻlga qoʻyilgan.
Hech kimga sir emaski koʻpchilik yoshlar taniqli shaxslarga taqlid qiladi, ergashadi. Targʻibot borasida sanʼat va madaniyat katta kuchga ega. Shunday ekan biz bundan oqilona foydalanib, toʻgʻri yoʻnalishni belgilab olsak, haqiqiy vazifamizni bajargan boʻlamiz.
Shaxs, davlat va jamiyatning oʻzaro munosabatlarida aholining huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida Adliya vazirligi tashabbusi bilan Madaniyat vazirligi qoʻshma qarori asosida, vazirlik yuridik boʻlimi xodimlari tomonidan sohada faoliyat olib borayotgan taniqli sanʼatkorlar va madaniyat xodimlari ishtirokida “Huquq ambassadori” roʻyxati shakllantirilib, huquqiy targʻibot ishlari olib borish yoʻlga qoʻyilmoqda.
Bundan koʻzlangan maqsad, yurtimiz taraqqiyotiga va xalqimiz taqdiriga oid qabul qilinayotgan har bitta qonunni taniqli shaxslar orqali xalqimiz ongiga toʻgʻri yetkazish va jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda huquqiy targʻibotning innavatsion usuli boʻlib xizmat qilishdan iborat.
Shuningdek ijtimoiy tarmoqlarda taʼsir kuchiga ega taniqli shaxslar ishtirokida Oila va farzand tarbiyasi, har bir kasb maʼdaniyati va vatanparvarlik ruhidagi ibratli ijtimoiy roliklar sonini oshirish yoʻlga qoʻyilmoqda.
Madaniyat vazirligining Ayollar kengashi raisi Saida Dadamirzayeva tashabbusi bilan va markaziy apparat xotin-qizlari hamkorlikda “Yangi Oʻzbekiston-maʼrifatli jamiyat maʼnaviyatli ayol oʻrni” shiori ostida oʻtkaziladigan targʻibot-tashviqot va madaniy-maʼrifiy tadbirlar dasturi ishlab chiqilib, “Shaxsning muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasi, kasb madaniyatiga rioya qilish”, “Gender tengligi va xodimlar oʻrtasida muomala madaniyati mavzusi, tenglik prinsipini taminlash, sof muhitni yaratish”, “Qizlarimiz-yuzlarimiz, tarbiya tayanchi-ayol”, “Tashkilot idoralarda huquqiy madaniyatni shakllantirish, manfaaatlar toqnashuvini oldini olish”, “Oila davlat va millat taraqqiyoti ustuni”. Madaniyatni oʻrni va vazifasi” mavzularida seminar treninglar tashkil etilib, tizim tashkilotlar xodimlari jalb etilgan holda, faqatgina markazda emas, hududlardagi madaniyat boshqarmalarda ham tashkil etish koʻzda tutilgan.
Seminar davomida chekka hududlardagi ayollarni muammolarini aniqlab,kerakli mutaxasislarni jalb etib, ruhiy, kasbiy va ijtimoiy oʻsishiga koʻmaklashish,ularga munosib sharoit yaratib berish va tenglik prinipini butun yurtimiz boʻylab amaliy ifodasini taʼminlashdan iborat.
Tenglik -Taraqqiyot garovi. Xulosa oʻrnida shuni aytish lozimki, bugungi qabul qilinayotgan har bitta qonun misolida ayolmi erkakmi avvalo inson taqdiriga eʼtibor va yashash sharoitini yaxshilashga yaratilgan zamin turibdi. Zeroki qaysidir millatning ruhi kutarinki, hayotda yuqori marralarga erishgan insonlari koʻp boʻlsa, shu yurtning taraqqiyot darajasi ham yuqori boʻladi. Bunda har bir jamoaning, tashkilotning har tomonlama tashkilotchi rahbarlarining eʼtibori va birdamlik qonuniylik prinsipida ishlaydigan xodimlarini roli katta.
Yangi Oʻzbekistonni maʼrifatli jamiyatini bunyod etishga lavozim va darajamizdan qatʼiy nazar har birimiz masʼulmiz.
Sanobar Qulmirzayeva
Sanʼatshunos, Madaniyat vazirligi xodimi.



