“Mening O‘zbekistonim” fototanlovi g‘oliblari aniqlandi
2026-09-15 14:20:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Madaniyat vazirligi tomonidan 27-avgustdan 5-sentabrga qadar “Mening O‘zbekistonim” fototanlovi o‘tkazildi.
Fototanlovda ishtirokchilar O‘zbekistonning zamonaviy qiyofasi, tarixiy obidalar, tabiat manzaralari, milliy urf-odat va an’analar, madaniyat va san’at jarayonlari, xalqimizning kundalik hayoti hamda Vatanga muhabbat va faxr tuyg‘ularini aks ettirgan fotosuratlari bilan ishtirok etdilar.
Tanlov hay’ati tomonidan ijodiy ishlar mazmun-mohiyati, badiiy saviyasi, kompozitsiyasi, o‘ziga xosligi va mavzuni ochib berish darajasi asosida baholandi.
Tanlov yakuniga ko‘ra g‘oliblar quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha aniqlandi:
✔️ “O‘zbekiston mening nigohimda” — Turdiyev Elbek Eshtemirovich;
✔️ “Vatan ranglari” — Yoqubjonov Anvarjon G‘ulomjon o‘g‘li;
✔️ “Eng yaxshi ijodiy kadr” — Yuldashev Hakim Toxirovichlar g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.
Shuningdek, tanlovda saralangan eng yaxshi ijodiy ishlar asosida “Mening O‘zbekistonim” fotoko‘rgazmasi tashkil etiladi. Ushbu ko‘rgazma orqali yurtimizning turli qiyofalari, tarixiy obidalardan tortib zamonaviy shaharlar, betakror tabiat, milliy qadriyatlar va insonlarning samimiy lahzalarigacha keng namoyish etiladi.
Zero, har bir inson O‘zbekistonni o‘z nigohida, o‘z hissi va o‘z qalbi bilan ko‘radi.
