#Tanlov
2026-09-07 10:40:00 / Yangiliklar
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi “Jonajon o‘zbek tilim” tanlovini e’lon qiladi.
Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi:
- o‘zbek tilining o‘ziga xos xususiyatlari, muammo va yechimlari yoritilgan eng yaxshi ilmiy tadqiqot;
- o‘zbek tilini raqamlashtirishga qaratilgan eng yaxshi dasturiy mahsulot;
- o‘zbek tilining boy imkoniyatlari tarannum etilgan eng yaxshi badiiy-ijodiy asar;
- davlat tili bo‘yicha ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan eng yaxshi material;
- o‘zbek tili targ‘ibotiga bag‘ishlangan eng yaxshi videorolik;
- o‘zbek tilini xalqaro miqyosida ommalashtirishga xizmat qilayotgan eng yaxshi amaliy ish;
- o‘zbek tilining xorijlik do‘stlari tomonidan yaratilgan eng yaxshi ilmiy-ijodiy ish.
Tanlovda ishtirok etuvchi nomzodlar o‘zi haqidagi ma’lumotlarni (namuna: Ismi, otaismi, familiyasi, ish joyi yoki o‘qish joyi) ilmiy-ijodiy ishining elektron nusxasini ilova qilgan holda 20-avgustdan 20-sentyabrgacha yuborishlari lozim.
Hujjatlar quyidagi manzillarda qabul qilinadi:
- Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi
(Manzil: Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasi 21A);
- @Jonajontilim_bot telegram boti;
- Uz_til_jamgarma@umail.uz elektron pochtasi.
G‘oliblar bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdoridagi pul mukofoti, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Mukofotlar 21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni arafasida topshiriladi.
