Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari-Kinematografiya agentligi direktori Jahongir Ahmedovning shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi
2026-08-22 09:10:00 / Yangiliklar

Qabul davomida “Kino Imperiya Film” kinostudiyasi direktori Aziz Mardonov, fuqaro Aziz Yo‘ldoshev hamda tadbirkor Husniddin Yaxshiyevning murojaatlari ko‘rib chiqildi. Murojaatlar atroflicha o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan Agentlikning mas’ul xodimlariga tegishli topshiriqlar berildi.
Ma’lumot uchun, rahbarning shaxsiy qabuli har haftaning juma kuni soat 14:00 dan 16:00 ga qadar o‘tkaziladi. Sohaga oid savollar, murojaatlar va takliflar yuzasidan qabulga yozilish uchun haftaning payshanba kuni soat 16:00 ga qadar quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin:
+998 55 510 81 07
+998 71 277 81 07






