#Xushxabar
2024-09-09 17:00:00 / Yangiliklar

Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, Qoraqalpog‘iston madaniyat vaziri Begis Temirbayev "Boshqirdiston Respublikasi xalq artisti" faxriy unvoni bilan taqdirlandi.
Shuningdek, Alisher Navoiy nomidagi Katta akademik davlat teatri artisti O'temis Jumaniyazov, yosh iste’dod sohiblari Mamanbiy Jumaboyev va Xursandbek Atamurotovlar "Boshqirdiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist" faxriy unvoniga munosib ko'rildi.
O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston, Boshqirdiston va Tatariston xalq artisti Jenisbek Piyazovga esa Boshqirdiston Respublikasi hukumatining "Faxriy yorlig'i" topshirildi.
Ma'lumot o'rnida, ushbu faxriy unvonlar Boshqirdiston Respublikasida o'tkazilgan II xalqaro "Kuz romantikasi" klassik musiqa festivali doirasida taqdim etildi.
O‘zbekiston Madaniyat vazirligi jamoasi faxriy unvon bilan mukofotlanganlarni muborakbod etib, kelgusidagi ijodlariga muvaffaqiyat tilaydi.

