Ta’lim tizimida munosib natijalarga erishgan rahbarlar taqdirlandi
2026-08-21 10:30:00 / Yangiliklar

Avval xabar berilganidek, kuni kecha Madaniyat vazirligi tizimidagi ta’lim tashkilotlarining Respublika kengashi bo‘lib o‘tgan edi.
Kengash doirasida 2025/2026-o‘quv yilida samarali faoliyat yuritib, munosib natijalarga erishgan ta’lim muassasalari rahbarlarini taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi.
Yil davomida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, yosh iste’dodlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash, ta’lim jarayonini takomillashtirish, ilg‘or tashabbuslarni hayotga tatbiq etish hamda madaniyat va san’at ta’limi tizimini izchil rivojlantirish yo‘lida yuqori natijalarga erishgan rahbarlarning mehnati alohida e’tirof etildi.
Tantanali marosimda fidokorona mehnati, tashabbuskorligi, samarali boshqaruv faoliyati hamda tizim rivojiga qo‘shgan munosib hissasi bilan ajralib turgan ta’lim muassasalari rahbarlariga madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Nodirbek Sayfullayev hamda vazir o‘rinbosari Sanjar Bobojonov tomonidan mukofotlar topshirildi.
Mazkur e’tirof ta’lim muassasalari rahbarlarining mas’uliyatli va samarali faoliyatiga berilgan munosib baho bo‘lib, yangi o‘quv yilida yanada yuqori marralarni zabt etish, ilg‘or tajribalarni keng ommalashtirish hamda madaniyat va san’at ta’limi sifatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.









