O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi “Millat fidoyilariga bag‘ishlangan vatanparvarlik ruhidagi pyesalar” tanlovini eʼlon qiladi
2026-08-17 16:05:00 / Tanlovlar va tenderlar
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-iyundagi VM30/26-98-son topshirig‘iga asosan Mustaqillik yillarida Vatan himoyachilari sarhadlarini himoya qilish va xalqimiz tinchligini ta’minlash yo‘lida mardlarcha va halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining xotirasini abadiylashtirish, ularning ibratli hayoti va faoliyati hamda ko‘rsatgan jasoratini keng targ‘ib qilish maqsadida Millat fidoyilariga bag‘ishlangan vatanparvarlik ruhidagi pyesalar tanlovi bo‘lib o‘tadi.
Tanlovga asarlar 2026-yilning 1-sentabridan 1-dekabr sanasiga qadar belgilangan tartibda, Madaniyat vazirligining Milliy tanlovlar platformasi (https://milliytanlov.uz) orqali elektron shaklda qabul qilinadi.
Millat fidoyilariga bag‘ishlangan vatanparvarlik ruhidagi pyesalar quyidagi mezonlarga muvofiq bo‘lishi lozim:
- g‘oyaviy-badiiy jihatdan milliy va umuminsoniy tamoyillarga asoslanishi;
- yosh avlodga o‘rnak bo‘ladigan va yuksak marralar sari chorlaydigan g‘oyalar yoritilishi;
- sahna va dramaturgiya talablariga javob berishi lozim.
Tanlangan mavzular:
- Vatan himoyasi, tinchligi yo‘lida xizmat qilayotgan harbiylar hayoti va faoliyati;
- Mustaqillik yillarida Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida halok bo‘lgan yurt fidoyilari xotirasiga bag‘ishlangan;
- huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati;
- yurt farovonligi va osoyishtaligiga mas’ul hamda favqulodda holatlarda insoniylik jasorati va fidoyilik namunalarini ko‘rsatgan davlat xizmatchilari hayoti va faoliyati hamda muqaddam sahnalashtirilmagan, original asar bo‘lishi zarur.
Tanlovga asarlar ariza orqali quyidagi tartibda qabul qilinadi:
- taqdim etiladigan asarlar o‘zbek tilida (elektron varianti bilan), A-4 shaklda, 1,5 interval, Times New Roman 14 shriftda bo‘lishi (grammatik va orfografik xatolari bor asarlar qabul qilinmaydi) hajmi 25 sahifadan kam bo‘lmasligi zarur.
Asar belgilangan tartibda yuborilmasa, murojaatlar ko‘rib chiqilmaydi.
Tanlovda yoshidan qatʼi nazar, barcha ijodkorlar dolzarb mavzudagi dramatik, musiqali va qo‘g‘irchoq pyesalari bilan ishtirok etishi mumkin.
Arizalar qabul qilish muddati tugaganidan so‘ng tanlovga kelib tushgan pyesalar Baholash komissiyasi tomonidan 1 oy muddatda ko‘rib chiqiladi va tanlov natijalari vazirlikning veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali ma’lum qilinadi.
Tanlovda g‘olib deb topilgan asarlar belgilangan tartibda pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi va respublika teatrlariga sahnalashtirish uchun tavsiya etiladi.
