Mustaqillik bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?
2026-08-12 18:15:00 / Yangiliklar
Prezident farmoniga ko‘ra, 31-avgust — dushanba barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangan.
Shunga ko‘ra:
➖5 kunlik ish haftasida — 29-avgustdan 1-sentyabrgacha 4 kun dam olinadi;
➖6 kunlik ish haftasida — 30-avgustdan 1-sentyabrgacha 3 kun dam olinadi.
1-sentyabr — Mustaqillik bayrami. 2-sentyabr, chorshanba — odatiy ish kuni.
Asos: 2025-yil 24-dekabrdagi PF-257-sonli Prezident farmoni.
