Botir Zokirov nomidagi zamonaviy estrada qo‘shiqchilari tanlovini o‘tkazishda xususiy sektor vakillari hamkorlikka taklif etiladi!
2026-08-12 15:05:00 / Yangiliklar
Madaniyat vazirligi huzuridagi Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash markazi tomonidan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish hamda madaniyat va san’at sohasida davlat-xususiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Botir Zokirov nomidagi zamonaviy estrada qo‘shiqchilari tanlovini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Shu munosabat bilan tanlovni tashkil etish va o‘tkazishda hamkorlik qilish istagidagi xususiy sektor vakillari hamkorlikka taklif etiladi!
Hamkorlik orqali iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, yangi iste’dodlarni kashf etish va zamonaviy estrada san’atini rivojlantirishga o‘z hissangizni qo‘shing!
Arizalar 20-avgustga qadar qabul qilinadi.
Murojaat uchun: +998 91 137 33 02
