“Vatan haqida eng yaxshi esse” tanlovi g‘oliblari aniqlandi
2026-08-10 21:10:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Madaniyat vazirligi markaziy apparati hamda tizim tashkilotlari xodimlari o‘rtasida “Vatan haqida eng yaxshi esse” tanlovi o‘tkazildi.
Ijodiy ishlar belgilangan mezonlar asosida baholanib, eng yaxshi ishlar mualliflari quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha aniqlandi:
“Eng yaxshi ijodiy yondashuv”— Isxakova Ozoda — Madaniyat vazirligi xodimi;
“Eng dolzarb mavzu yoritilgan esse”— Fayzullayeva Tursunoy — Madaniyat vazirligi xodimi;
“Eng ta’sirchan esse” — Murodova Dilmura — Madaniyat vazirligi xodimi;
“Eng faol ishtirokchi” — Avezov Rajab — mehnat faxriysi, II darajali “Sog‘lom avlod ordeni” sohibi va Atodjonov Salohiddin — Bo‘ka tumani madaniyat bo‘limi mudiri.
Tanlov natijalari bilan quyidagi havola orqali batafsil tanishishingiz mumkin: Havola
Barcha g‘oliblarni muborakbod etamiz!
