Diqqat e’lon: "Mustaqillik viktorinasi" intellektual musobaqasi tashkil etiladi.
2026-08-06 12:35:00 / Tanlovlar va tenderlar
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Madaniyat vazirligi Markaziy apparatining yosh xodimlari o‘rtasida "Mustaqillik viktorinasi" intellektual musobaqasi tashkil etiladi.
Mazkur musobaqa yosh xodimlarning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi, milliy qadriyatlar, tarixiy meros, madaniyat va ma’naviyat hamda Yangi O‘zbekiston islohotlariga oid bilimlarini mustahkamlash, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish va jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Viktorina quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:
-
O‘zbekiston mustaqilligi tarixi;
-
Davlat ramzlari va Konstitutsiya;
-
Milliy qadriyatlar va ma’naviyat;
-
O‘zbekiston tarixi;
-
Madaniyat va san’at;
-
Adabiyot va ma’rifat;
-
Yangi O‘zbekiston islohotlari.
O‘tkazilish sanasi: 2026-yil 11-avgust
Boshlanish vaqti: soat 17:00
Ishtirokchilar: Madaniyat vazirligi Markaziy apparatining 4–6 nafardan iborat yosh xodimlar jamoalari.
Musobaqa yakunida g‘olib jamoalar Madaniyat vazirligining diplomlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Madaniyat vazirligi Markaziy apparatining barcha yosh xodimlarini mazkur intellektual musobaqada faol ishtirok etishga taklif etamiz.
Bilim — Vatanga sadoqat, tafakkur esa taraqqiyot poydevoridir!
Mustaqillikni bilim bilan ulug‘laylik!
