#Anons: Marg‘ilonda katta askiya kechasi bo‘lib o‘tadi
2026-08-04 10:55:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 7-avgust kuni, soat 18:00 da Marg‘ilon shahar ijodkorlar bog‘ida o‘zbek milliy askiya san’ati darg‘asi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, marhum san’atkor Muhammadsiddiq Sherayev tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan katta askiya kechasi bo‘lib o‘tadi.
Tadbirda mamlakatimizning barcha shahar va tumanlaridan kelgan mashhur qiziqchilar, dongdor askiyachi va san’atkorlar o‘zlarining betakror chiqishlari bilan ishtirok etadilar!
Tadbir tashkilotchilari:
✔️ O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi;
✔️ Farg‘ona viloyat hokimligi;
✔️ Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi Respublika askiya va qiziqchilik san’ati markazi;
✔️ Marg‘ilon shahar hokimligi.
❗️ Eslatib o‘tamiz: Tomoshalarimiz mutlaqo bepul namoyish etiladi.
🔥 Askiya va kulgi kechasiga marhamat – 7 avgust kuni, soat 18:00da, Marg‘ilon shahar ijodkorlar bog‘ida.
