AI filmlarini yaratish bo‘yicha Kembridj bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
2026-08-02 22:25:00 / Yangiliklar

Madaniyat vazirining raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdurauf Nabiyev Kembridj kolleji dekani, islomshunos professor Shayx Abdul Hakim Murod (Tim Winter) bilan uchrashdi.
Uchrashuvda "O‘rta Osiyoda islom" mavzusida sun’iy intellekt asosida film yaratish va uning premyerasini Cambridge universitetida o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Shuningdek, Kembridj kolleji professori, buxoriyshunos olim Bilal Alabbas bilan "Al Bukhari" kitobi asosida Imom Al-Buxoriy haqida jahon darajasidagi AI film yaratish hamda uning premyerasini Angliyada o‘tkazish yuzasidan hamkorlik qilishga kelishildi.
Filmlar "Raqamli san’at" ijodiy birlashmasi tomonidan yaratiladi.
Premyeralarni joriy yilning noyabr–dekabr oylarida qilish rejalashtirilgan.

