Yillar sinovidan o‘tgan mehnat e’tirof etildi
2026-08-03 21:40:00 / Yangiliklar

Bugun, 3-avgust kuni madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov vazirlikning arxiv mudiri Gulnora Abdushukurovaga O‘zbekiston madaniyat, sport va turizm kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan ta’sis etilgan “O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi” esdalik ko‘krak nishonini topshirdi.
Vazir Gulnora Abdushukurovaning ko‘p yillik mehnati va soha rivojiga qo‘shgan hissasini e’tirof etdi. Shuningdek, vazirlikning yangi an’anasi sifatida unga O‘zbekiston davlat bayrog‘i va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Gulnora Abdushukurova ko‘p yillardan buyon madaniyat tizimida
samarali mehnat qilib kelmoqda. Faoliyati davomida kadrlar yo‘nalishi va arxiv ishini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shib, bugungi kunda vazirlik arxiv mudiri sifatida samarali faoliyat yuritmoqda.
Madaniyat vazirligi jamoasi Gulnora Abdushukurovani ushbu e’tirof bilan muborakbod etadi hamda kelgusi faoliyatida yangi yutuq va muvaffaqiyatlar tilaydi.


