Vazirlikda ijro intizomi yuzasidan yig’ilish bo’lib o’tdi
2026-07-23 19:55:00 / Yangiliklar

Vazir o‘rinbosari Sanjar Bobojonov boshchiligida o’tkazilgan yig’ilishda vazirlikning markaziy apparati vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda joriy yilning avgust oyi davomida ijrosi ta’minlanishi zarur bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror va topshiriqlari ijrosini ta’minlash hamda “Ijro.gov.uz” tizimidan nazoratdan olish yuzasidan vazirlik markaziy apparati mas’ullari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etildi.
Shuningdek, avgust oyida ijrosi ta’minlanishi zarur bo‘lgan topshiriqlarning muddatlari belgilab olinib mas'ullarga tegishli ko'rsatmalar berildi.
Shu bilan birga, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari hamda Vazirlar Mahkamasi qarorlaridagi topshiriqlarini belgilangan kun-bay grafikka muvofiq, tegishli muddatlardan kechiktirmay "Ijro.gov.uz" tizimidan nazoratdan olish bo'yicha mas'ullarga tegishli vazifalar yuklatildi.
Yig‘ilish yakunida barcha mas’ul rahbar va ijrochilarga ijro intizomini yanada mustahkamlash, har bir topshiriq ijrosini doimiy nazoratda ushlab borish hamda natijadorlikni oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.






