Diqqat e’lon! “Faxrlanaman” loyihasini amalga oshirish yuzasidan tanlovda ishtirok eting
2026-07-17 21:35:00 / Tanlovlar va tenderlar
Madaniyat vazirligi “Faxrlanaman” — O‘zbekistonda bugun sodir bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlar, zamonaviy yutuqlar va xalqimiz faxrlanishi mumkin bo‘lgan natijalarni keng auditoriyaga yetkazish bo‘yicha hamkorlik uchun manfaatdor tashkilotlar, kompaniyalar va ijodiy jamoalardan takliflar qabul qiladi.
- Loyiha doirasida: O‘zbekistonning bugungi yutuqlari, zamonaviy imkoniyatlari va xalqimiz faxrlanishi mumkin bo‘lgan aniq misollarni keng auditoriyaga yetkazish;
- “O‘zim o‘rgilay” kommunikatsion g‘oyasi asosida yagona brend va vizual uslubni shakllantirish; tashqi reklama, digital kommunikatsiya, blogerlar, qo‘shiq va klip, tanlov va challenge formatlari orqali ko‘p kanalli targ‘ibot kampaniyasini tashkil etish;
- yoshlar, dizaynerlar, AI creatorlar va kreativ auditoriyani loyiha atrofida birlashtirish;
- barcha hamkorlar va pudratchilar tomonidan loyiha g‘oyasining bir xil tushunilishi hamda yagona sifat talablariga rioya etilishini ta’minlash.
Tanlovda ishtirok etuvchilar konsepsiya talablari asosida takliflarni tayyorlab, 2026-yilning 20-iyuliga qadar m.turaev@madaniyat.uz elektron manziliga yuborilishi so‘raladi.
Murojaat uchun: Manzil: 100159, Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi, 107B Telefon: +998 (55) 502-33-77 (ichki raqam: 1181) Elektron pochta: m.turaev@madaniyat.uz
Mazkur loyihada ishtirok etish istagidagi barcha manfaatdor tashkilotlar, IT-kompaniyalar, animatsiya studiyalari, kreativ agentliklar hamda soha mutaxassislarini o‘z takliflarini belgilangan muddatda taqdim etishga taklif etamiz.
