Jo‘raxon Sultonov va Ma’murjon Uzoqov nomidagi yosh ijrochilar respublika teletanlovi e’lon qilinadi
2026-07-08 16:05:00 / Tanlovlar va tenderlar
Madaniyat vazirligi, Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash markazi hamda "Madaniyat va ma’rifat" telekanali hamkorligida Jo‘raxon Sultonov va Ma’murjon Uzoqov nomidagi yosh ijrochilar respublika teletanlovi e’lon qilinadi.
O‘zbek milliy musiqa san’atining buyuk namoyandalari, “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni sohiblari, atoqli hofizlar Jo‘raxon Sultonov va Ma’murjon Uzoqovning boy ijodiy merosini keng targ‘ib etish, uni yosh avlodga yetkazish hamda milliy maqom ijrochilik san’atini rivojlantirish maqsadida o‘tkazilmoqda.
Teletanlov 12 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan iste’dodli yosh ijodkorlar o‘rtasida joriy yilning 16–17-iyul kunlari poytaxtdagi "Madaniyat va ma’rifat" telekanali (televizion shou formatida)da bo‘lib o‘tadi.
Arizalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda hududiy madaniyat boshqarmalari orqali 12-iyulga qadar qabul qilinadi.
G‘oliblar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining diplomi va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Murojaat uchun: +998 94 121 43 03
