O‘zbekiston xalq artisti Turg‘un Alimatov nomidagi Respublika teletanlovi e’lon qilinadi
2026-07-08 16:05:00 / Tanlovlar va tenderlar
Madaniyat vazirligi huzuridagi Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash markazi hamda "Madaniyat va ma’rifat" telekanali hamkorligida O‘zbekiston xalq artisti Turg‘un Alimatov nomidagi Respublika teletanlovi e’lon qilinadi.
Tanlovda O‘zbekiston xalq artisti Turg‘un Alimatovning boy ijodiy merosini keng targ‘ib etish, uni yosh avlodga yetkazish hamda iste’dodli ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsad qilingan bo‘lib, 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan ijodkor yoshlar ushbu tanlovda ishtirok etishlari mumkin.
Teletanlov sanasi: 2026-yilning 14–15-iyul kunlari
O‘tkazilish joyi: "Madaniyat va ma’rifat" telekanali (televizion shou formatida).
Arizalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda hududiy madaniyat boshqarmalari orqali 2026-yilning 14-iyul kuniga qadar qabul qilinadi.
G‘oliblar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining diplomi va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998941214303
Iste’dodingizni namoyon eting va Turg‘un Alimatov ijodiy merosining munosib davomchilaridan biriga aylaning!
