Diqqat e’lon!
2026-07-13 11:40:00 / Tanlovlar va tenderlar
Sohibqiron Amir Temurning raqamli obrazini yaratish hamda sun'iy intellekt asosida tarixiy-badiiy serial ishlab chiqish boʻyicha tanlovda ishtirok eting!
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Sohibqiron Amir Temurning zamonaviy raqamli obrazi (AI-avatari)ni yaratish hamda uning ishtirokidagi sunʻiy intellekt texnologiyalari asosida 20 qismli tarixiy-badiiy serial ishlab chiqish boʻyicha hamkorlik uchun manfaatdor tashkilotlar, kompaniyalar va ijodiy jamoalardan takliflar qabul qiladi.
Loyiha doirasida:
— Sohibqiron Amir Temurning zamonaviy raqamli obrazi (AI-avatari)ni yaratish;
— sunʻiy intellekt (SI) texnologiyalari asosida Amir Temurning bolalik yillari va hayotidagi muhim voqealarini aks ettiruvchi 20 qismli tarixiy-badiiy serial ishlab chiqish;
— texnik topshiriq (TT) talablariga muvofiq kreativ va texnologik yechimlarni taqdim etish nazarda tutilgan.
Tanlovda ishtirok etuvchilar texnik topshiriq talablari asosida takliflarni tayyorlab, 2026-yilning 17-iyulga qadar m.turaev@madaniyat.uz elektron manziliga yuborilishi soʻraladi.
Murojaat uchun:
Manzil: 100159, Toshkent shahri, Amir Temur koʻchasi, 107B
Telefon: +998 (55) 502-33-77 (ichki raqam: 1181)
Elektron pochta: m.turaev@madaniyat.uz
Mazkur loyihada ishtirok etish istagidagi barcha manfaatdor tashkilotlar, IT-kompaniyalar, animatsiya studiyalari, kreativ agentliklar hamda soha mutaxassislarini oʻz takliflarini belgilangan muddatda taqdim etishga taklif etamiz.
