35-son madaniyat markazini qayta qurish hamda madaniyat markazi faoliyatini qayta tiklash va qo’shimcha ravishda nodavlat ta’lim faoliyatini yo‘lga qo‘yish
2026-07-03 16:20:00 / Tanlovlar va tenderlar
DIQQАT E’LON!
Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar!
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi “Narpay School” MCHJ tashabbus bilan Samarqand viloyati, Narpay tumani Oqtosh MFYda joylashgan ta’mirtalab 35-son madaniyat markazini davlat-xususiy sheriklik asosida qayta qurish hamda madaniyat markazi faoliyatini qayta tiklash va qo’shimcha ravishda nodavlat ta’lim faoliyatini yo‘lga qo‘yish loyihasi bo‘yicha konsepsiya tasdiqlandi.
Loyiha yuzasidan xususiy sherikni tanlash Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat-xususiy sheriklik sohasini yanada takomillashtirish hamda kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 30-oktyabrdagi 720-son qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Mazkur Loyihani amalga oshirishdan manfaatdor boʻlgan barcha tadbirkorlik subyektlari oʻzining manfaatdorligini maʼlum qilish maqsadida “Qiziqish bildirish uchun soʻrov shakli”ni toʻldirib quyida koʻrsatilgan manzillarga yuborishi mumkin.
Ilova qilinayotgan hujjatlar:
Qiziqish bildirish uchun so‘rov shakli |
Loyiha konsepsiyasi |
Loyiha to‘g‘risida ma’lumot |
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va
moliya vazirligi
📧Nasimbek.Nabijonov@imv.uz, dxshtender@imv.uz
☎️ +998 (71) 203-50-50
📍 100017 Toshkent shahri, Istiqlol ko‘chasi 29-uy

