Milliy qahramonning raqamli obrazlarni yaratish hamda sun'iy intellekt asosida fantastik seriallar ishlab chiqish bo'yicha tanlovda ishtirok eting.
2026-07-06 16:30:00 / Tanlovlar va tenderlar
Diqqat e'lon!
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi milliy qahramonlarning zamonaviy raqamli obrazlari (avatar)ni yaratish hamda ular ishtirokidagi sun'iy intellekt texnologiyalari asosida fantastik seriallar ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlik uchun manfaatdor tashkilotlar, kompaniyalar va ijodiy jamoalardan takliflar qabul qiladi.
Loyiha doirasida;
5 ta milliy qahramonning zamonaviy raqamli obrazlarini yaratish;
sun'iy intellekt texnologiyalari asosida fantastik seriallarni ishlab chiqish;
texnik topshiriq (TZ) talablariga muvofiq kreativ va texnologik yechimlarni taqdim etish nazarda tutilgan.
Tanlovda ishtirok etuvchilar texnik topshiriqlar talablari asosida takliflarni tayyorlab, 2026-yilning 10-iyuliga qadar m.turaev@madaniyat.uz elektron manziliga yuborilishi so'raladi.
Murojaat uchun;
Manzil: 100159, Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi, 107B
Telefon: +998 (55) 502-33-77 (ichki raqam: 1181)
Elektron pochta: m.turaev@madaniyat.uz
Mazkur loyihada ishtirok etish istagidagi barcha manfaatdor tashkilotlar, IT-kompaniyalar, animatsiya studiyalari, kreativ agentliklar hamda soha mutaxassislarini o‘z takliflarini belgilangan muddatda taqdim etishga taklif etamiz.
