O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi milliy mumtoz va zamonaviy adabiyotimizning yuqori badiiy-g‘oyaviy saviyaga ega asarlari inssenirovkasi uchun davlat buyurtmalari berildi.
2026-06-15 15:15:00 / Tanlovlar va tenderlar

Ma’lumki, Madaniyat vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Teatrlarning jamiyat madaniy hayotidagi ahamiyatini oshirish va ular faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbiri to‘g‘risida” 2024-yil 22-noyabrdagi PQ–399-son qarori ijrosi hamda “Atrof-muhitni asrash va “Yashil iqtisodiyot” yili munosabati bilan Milliy mumtoz va zamonaviy adabiyotimizning yuqori badiiy-g‘oyaviy saviyaga ega asarlari inssenirovkasi uchun davlat buyurtmalari tanlovi e’lon qilingan edi.
Milliy mumtoz va zamonaviy adabiyotimizning yuqori badiiy-g‘oyaviy saviyaga ega asarlari inssenirovkasi uchun davlat buyurtmalari tanloviga vazirlikning onlayn platforma va telegram bot orqali 20 ta inssenirovka kelib tushdi.
Inssenirovkalar asarlar milliy mumtoz va zamonaviy adabiyot namunalari asosida yaratilganligi, sahna dramaturgiyasi talablariga javob berishi hamda inssenirovka uchun tanlangan asar muqaddam sahnalashtirilmaganligi bo‘yicha tanlov nizomiga muvofiq Badiiy baholash komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqildi va saralandi.
Natijaga ko‘ra, musiqali drama yo‘nalish bo‘yicha – Charos Yoqubovaning “Oshiqlik dardi” (A.Muxtorning “Chinor” romani asosida ), dramatik yo‘nalish bo‘yicha – Aziz Matyoqubovning “Hidoyat imomi” (L.Bo‘rixonning “Imom Moturudiy” romani asosida) hamda qo‘g‘irchoq yo‘nalishi bo‘yicha – Hadiyaxon Abidovaning “Xato qadamning qimmati” (o‘zbek xalq rivoyati asosida) inssenirovkalari g‘olib deb topildi.
G‘olib inssenirovkalar mualliflari belgilangan tartibda pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi va respublika teatrlariga sahnalashtirish uchun tavsiya etildi.
