“Madaniyat vaziri kubogi – 2026” sport musobaqalari o‘tkazildi
2026-06-27 19:50:00 / Yangiliklar

22-iyun kuni Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Madaniyat vaziri kubogi – 2026” sport musobaqalariga tantanali ravishda o‘tkazildi.
Mazkur sport musobaqalari 22–27-iyun kunlari O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida o‘tkazilib, unda Madaniyat vazirligining markaziy apparati, tizim tashkilotlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmalari jamoalari ishtirok etishdi.
Madaniyat vazirligi markaziy apparati jamoasi voleybol musobaqasida ishtirok etishdi. Musobaqalarning asosiy maqsadi tizim xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish, jamoaviy hamjihatlik va do‘stona munosabatlarni mustahkamlashdan iborat.
Murosasiz va qizg‘in kechgan uchrashuvlarda ishtirokchilar yuqori sport mahorati, jamoaviy hamjihatlik hamda g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdilar.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, Farg‘ona viloyati Madaniyat boshqarmasi jamoasi faxrli 1-o‘rinni, Toshkent viloyati Madaniyat boshqarmasi jamoasi 2-o‘rinni, Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi jamoasi 3-o‘rinni hamda Madaniyat vazirligining markazi apparati jamoasi 4-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
“Madaniyat vaziri kubogi – 2026” sport musobaqalari davomida voleybol, basketbol, mini futbol sport turlari bo‘yicha bahslar tashkil etilgan.
“Madaniyat vaziri kubogi – 2026” sport musobaqalari madaniyat sohasi xodimlarini birlashtirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish hamda sport va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.





