#ekspeditsiya #nomoddiy_madaniy_meros
2024-08-07 14:55:00 / Yangiliklar

Qirg'iziston Respublikasining o'zbeklar zich yashaydigan hududularida saqlanib kelinayotgan urf-odat va qadriyatlarni o'rganishga qaratilgan etnofolklor ekspeditsiyasi o'z ishini boshlashi haqida xabar berilgan edi.
Ayni kunlarda xalqaro ekspeditsiyalar rejasiga muvofiq etnofolklordan iborat O'zbekiston delegatsiyasi Qirg'iziston Respublikasida o'z ishini boshladi.
Delegatsiya a'zolari O'sh shahrida joylashgan "Qo'l hunarmandlar" mahallasida bo'lib pichoqchilik, mahsichilik, temirchilik, beshikchilik kabi milliy hunarmandchilik turlari bilan tanishdilar.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy o‘rganish va targ‘ib qilishni rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-405-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, xalqaro ekspeditsiyalar rejasiga muvofiq joriy yilning 5-avgust kuni O'zbekiston delegatsiyasi Qirg'iz Respublikasida o‘z ishini boshladi.



