Diqqat, diqqat!
2024-08-06 11:00:00 / Tanlovlar va tenderlar

Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot institutida doktorantura bosqichi ochildi
O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining tegishli bayoni qaroriga asosan Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot institutida Oliy ta'limdan keyingi ta'lim — mustaqil izlanuvchilik (PhD) bosqichi ochildi.
Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot institutida Oliy ta'limdan keyingi ta'lim — mustaqil izlanuvchilik (PhD)ga
17.00.07 - Madaniyatshunoslik,
07.00.07 - Etnografiya, etnologiya va antropologiya,
10.00.08 - Folklorshunoslik
ixtisosliklari bo'yicha o'qish istagida bo'lgan talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
1. Direktor nomiga ariza;
2. Qisqacha biografik ma'lumot (obyektivka — namuna 3.5 shakl bo'yicha o'zbek va rus tillarida);
3. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
4. Oliy ta'lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma'lumot (mutaxasislik dasturlari bo'yicha) toʻgʻrisida diplom nusxasi;
4. Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis);
5. Ish joyidan tavsifnoma;
6. Pasport nusxasi;
7. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud boʻlsa).
Avgust oyining 25-sanasiga qadar ushbu taʼlim bosqichiga kirish istagida boʻlgan nomzodlar tomonidan barcha hujjatlarning pdf nusxalari Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizim — http://phd.mininnovation.uz orqali roʻyxatdan oʻtgan holda onlayn taqdim etiladi.
