O'zbek san'atkorlari "Oltin qorako'z" 36-Xalqaro raqs tanlovida ishtirok etishmoqda
2024-07-09 10:30:00 / Yangiliklar

Ayni kunlarda O'zbekiston davlat filarmoniyasi tasarrufidagi “Navbahor” ansambli va “Bek” doirachilar guruhi Turkiyaning Bursa shahrida bo'lib o'tayotgan “Oltin qorako'z” 36-Xalqaro raqs tanlovida ishtirok etmoqda.
Mahoratli sozandalar, raqqos hamda raqqosalardan iborat jamoa birinchi kun xalqaro tanlov reglamentiga muvofiq dasturning ochilish marosimida o'z chiqishlarini namoyish etib, ko'plab mamlakatlardan kelgan jamoalar orasida olqishlarga sazovor bo'ldi.
Ma'lumot uchun: “Oltin qorako'z” 36-Xalqaro raqs tanlovi 12-iyulga qadar davom etadi.







