II Xalqaro maqom san’ati anjumani doirasidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o'z ishini yakunladi
2024-06-30 18:10:00 / Yangiliklar
28–29-iyun kunlari Jizzax viloyatining Zomin tumanida YUNESKO va AYSESKO shafeligi ostida o‘tkazilayotgan II Xalqaro maqom san’ati anjumani doirasida “Maqom san’atining nazariy va amaliy asoslari: muammo va yechimlar” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda, O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazardekov hamda Turkiy Parlament Assambleyasi raisi Mehmet Sureyya Er Janoblari hamda 30 dan ortiq davlatdan 70 nafardan ziyod olimlar ishtirok etdi.
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida maqomshunos olimlar maqom san’atiga doir o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya yakunida barcha ishtirokchilarga sertifikatlar hamda O‘zbek milliy maqom san’ati markazi hududiy bo‘linmalarida samarali ijod qilib kelayotgan bir guruh fidoyi xonanda va sozandalar “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar. Sertifikatlar hamda “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishonini O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazardekov o‘z egalariga topshirdi.
Ma’lumot uchun: O‘zbek milliy maqom san’ati markazi hududiy bo‘linmalarida samarali ijod qilib kelayotgan quyidagi fidoiy xonanda va sozandalar “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.
Adashev Davron - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maqom ansambli badiiy rahbari;
Hojiqulov Ravshan - Andijon viloyati Maqom ansambli badiiy rahbari;
Temirov Obid - Buxoro viloyati Maqom ansambli badiiy rahbari;
Mamedov Shuhrat - Navoiy viloyati Maqom ansambli badiiy rahbari;
To‘xtayev Abdunabi - Samarqand viloyati Maqom ansambli badiiy rahbari;
Hasanov Boymat - Jizzax viloyati Maqom ansambli badiiy rahbari;
Mahmadaliyev Zarif - Surxondaryo viloyati Maqom ansambli badiiy rahbari;
Tashev Sherzod - Toshkent viloyati Maqom ansambli badiiy rahbari;
Ismailov Fazil - Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatri direktori;
Mirzarahimov Nurullo - Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatrining musiqa bo‘limi mudiri;
Asqarov Alisher - Xorazm viloyati hududiy bo‘limi birinchi toifali artist-sozandasi;
Samandarova Gulzoda - Xorazm viloyati hududiy bo‘limi Oliy toifali artist-maqomchisi;
Yakubov Bayram - Xorazm viloyati hududiy bo‘limi Oliy toifali artist-maqomchisi;
Sobirov Odilbek - Xorazm viloyati hududiy bo‘limi Oliy toifali artist-maqomchisi;
Xushvakov Nabi - Qashqadaryo viloyati Shahrisabz davlat muzeyi qo‘riqxonasi direktori;
Bozorov Yodgor - Qashqadaryo viloyati Maqom ansambli badiiy rahbari;
Otaxanov Murodilla - Namangan viloyati hududiy bo‘limi birinchi toifali artist-sozandasi;
Umarova Shahzoda - Sirdaryo viloyati hududiy bo‘limi artist-maqomchisi;
Ergashev Ramziddin - Abdurauf Fitrat nomidagi Maqom san’atiga ixtisoslashtirilgan Maktab internati birinchi toifali o‘qituvchisi;
Gʻapporov Abbosjon - Yunus Rajabiy nomidagi o‘zbek milliy musiqa san’ati instituti Maqom xonandaligi kafedrasi o‘qituvchisi;
Kamolova Ra’noxon - Farg‘ona ixtisoslashtirilgan maqom maktab-internatining
“An’anaviy xonandalik” bo‘limi o‘qituvchisi;
Sobirov Hurmat - Xorazm viloyati Urganch ixtisoslashtirilgan maqom san’ati maktab-internatining an’anaviy xonandachilik bo‘limi o‘qituvchisi;
Asliddin Sirojov – Samarqand shahar 1-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi katta o‘qituvchisi;
Shu bilan II Xalqaro maqom san’ati anjumaniga bagʻishlangan ilmiy-amaliy konferensiya oʻz ishini yakunladi.