Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha profilaktik tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
2026-03-31 10:25:00 / Yangiliklar

Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filialida vazirlikka qarashli respublika, shahar va tuman muassasalari rahbarlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan vazirlikning hududiy tarkibiy bo‘linmalari hamda tizim tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning natijadorligi yuzasidan 2026-yilda o‘tkaziladigan o‘rganishlar rejasi ijrosini ta’minlash, shuningdek, tizim xodimlariga O‘zbekiston Respublikasining "Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi Qonuni hamda vazirlikning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatining mazmun-mohiyatini tushuntirish, shuningdek, tizimdagi tashkilotlarda moliyaviy va xo‘jalik faoliyatida qonunchilik talablariga rioya etilishi bo‘yicha ichki audit bo‘yicha profilaktik tadbirlarni amalga oshirish maqsadida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Ichki audit bo‘limi boshlig‘i S.Nosirov, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi mutaxassisi D.Hasanov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirining o‘rinbosari I.Xo‘janazarov, vazirlikning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’ul mutaxassisi P.Avezmuratovlar ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar vazirlik tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga keng to‘xtalib o‘tdi.




