O‘zbekistonda “Tojikiston madaniyati va kinosi kunlari” bo'lib o'tadi
2026-03-22 15:30:00 / Yangiliklar
Madaniyat kunlari doirasida o‘zbek va tojik xalqlarining boy madaniy merosini namoyish etishga qaratilgan qator tadbirlar tashkil etiladi.
Xususan,
“Navro‘zi olam” nomli uch avlod uchrashuvi va davra suhbatlari o‘tkaziladi. Ushbu tadbirda yozuvchi va shoirlar, ijodkorlar hamda ziyolilar ishtirok etib, adabiy-madaniy meros va hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashadi;
“Tojik kino kunlari” doirasida Tojikiston kinematografiyasining badiiy filmlari namoyish etiladi. Jumladan, “Qarmoqqa baliq”, “Haqiqatni izlab”, “Hayot go‘zal”, “Jo‘ra Sargor” kabi filmlar tomoshabinlar e’tiboriga havola etiladi;
O‘zbekiston va Tojikiston san’at ustalari ishtirokida “Do‘stlik kechasi” gala-konsert dasturi, Tojikiston ijodiy jamoalarining konsert chiqishlari, tasviriy san’at ko‘rgazmalari hamda teatr jamoalarining sahna asarlari namoyishi rejalashtirilgan.
Tadbirlar joriy yilning 23–29 mart kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida bo‘lib o‘tadi.
