Zavqli konsert taqdim etadi
2024-06-12 19:50:00 / Yangiliklar

О‘zbekiston davlat filarmoniyasi ijodiy jamoalarining yurtimiz bo‘ylab konsert dasturlari davom etmoqda!
Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada simfonik orkestri jamoasining bu galgi konsertlari Sirdaryo viloyatida:
13-iyun kuni soat 19:30 da Guliston shahri To‘ra Sulaymonov nomidagi amfiteatrida;
14-iyun kuni soat 19:30da Sirdaryo tumani markazidagi Yoshlar xiyobonida bo‘lib o‘tadi.
“Navro‘z” ashula va raqs ansambli tomonidan Namangan viloyatida taqdim etiladigan zavqli konsertlari,
13-iyun kuni soat 19:30 da Uchqo‘rg‘on tumani 52-son madaniyat markazi;
14-iyun kuni soat 19:30 da Norin tumanidagi 27-son madaniyat markazi old maydonida bo’lib o’tadi.
Unutmang, mazkur konsert dasturlari mutlaqo bepul namoyish etiladi!



