Kino — kelajakning nurli yo‘li
2024-05-24 13:45:00 / Yangiliklar

«Kino — kelajakning nurli yo‘li»: Yangi O‘zbekiston kinozahmatkashlarining so‘nggi faoliyatiga berilgan eng oliy baho.
O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida o‘zbek kinoijodkorlarining «Kino — kelajakning nurli yo‘li» ijodiy forumi bo‘lib o‘tdi. Unda 400 dan ortiq kino san’ati vakillari ishtirok etdi. Jumladan, O‘zbekiston xalq artistlari Rajab Adashev, Yodgor Sadiyev, Gavhar Zokirova, Tesha Mo‘minov kabi san’at darg‘alari, shu bilan birga, Qamara Kamalova, Elyor Ishmuhammedov, Ali Hamroyev, Hamidulla Hasanov, Zulfiqor Musoqov, Dilmurod Masaidov, Muzaffarxon Erkinov kabi rejissyorlar, dublyaj aktrisasi Mukambar Rahimova, taniqli kino aktyor va aktrisalar, mutaxassislar qatnashdi.
:







