PRESS-RELIZ: O‘zbekiston va Tojikiston xalq artisti Matluba Dadaboyeva tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan “San’atim – hayotim” deb nomlangan yubiley kechasi
2025-10-27 16:10:00 / Press-relizlar
Milliy maqom san’ati, o‘zining qadimiy tarixi, teran falsafiy ildizlari, betakror badiiy uslubi va boy ijodiy an’analari bilan ma’naviy hayotimizda alohida muhim o‘rin egallaydi. Asrlar davomida ulug‘ shoir va olimlar, mohir bastakorlar, hofiz hamda sozandalarning mashaqqatli mehnati, shuningdek fidoiyligi, ijodiy tafakkuri bilan sayqal topib kelayotgan ushbu noyob san’at nafaqat yurtimiz va sharq mamlakatlarida, balki dunyo miqyosida katta shuhrat va e’tibor qozongan. Maqom san’atining gultoji bo‘lgan “Shashmaqom” YUNESKO xalqaro tashkiloti tomonidan insoniyatning nomoddiy madaniy merosi sifatda e’tirof etilgani hamda uning Reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgani buning yaqqol tasdig‘idir.
O‘zbek milliy maqom san’atini hozirgi kunda yurtimizda Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli, hududlarda maqom jamoalari tashkil etilganligi, sohaga oid ilmiy izlanishlar olib borilayotganini yuqoridagi so‘zlarimizning yaqqol dalili bo‘la oladi.
Ayni vaqtda muhtaram yurtboshimiz tashabbusi bilan milliy o‘zligimizni anglash, madaniyatimizni har tomonlama rivojlantirish, xalqimiz, avvalo, yosh avlodni yuksak insoniy tuyg‘ular ruhida tarbiyalash, uning estetik didi va tafakkurini shakllantirishda keng ko‘lamli imkoniyatlar yaratilmoqda.
Mazkur yo‘nalishda chuqur ilmiy-nazariy tadqiqotlar, o‘quv-uslubiy adabiyotlar yaratish, maqom san’atini radio-televideniye, ommaviy axborot vositalari, internet tarmog‘i orqali mamlakatimizda va chet ellarda targ‘ib etish, maqom ustozlari, soha olimlari va mutaxassislarining, iqtidorli va istiqbolli yosh ijrochilar faoliyatini moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash ishlari e’tibordan chetda emas.
Yuqorida zikr etilgan islohotlardan kelib chiqib, o‘zbek maqom san’atini o‘ziga xos ijro maktablari va an’analarni yangi bosqichda ravnaq toptirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi “O‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3391-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-avgustda “Oʻzbek milliy maqom sanʼatini yanada rivojlantirish va soha vakillari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash choralari toʻgʻrisida”gi PQ289-son qarorlari ijrosini ta’minlash, shuningdek, Xalqimiz madaniy merosining ajralmas qismi boʻlgan milliy maqom sanʼatini keng targʻib etish, uning oʻziga xos ijro maktablari va anʼanalarini yangi bosqichda ravnaq toptirish hamda xalqaro nufuzini oshirish yoʻlida mehnat faoliyatini olib borayotgan xodimlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida O‘zbek milliy maqom san’ati markazi katta ilmiy xodimi, O‘zbekiston va Tojikiston xalq artisti Matluba Dadaboyeva tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan “San’atim – hayotim” deb nomlangan yubiley kechasi tashkil etildi.
