O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri huzurida “Yoshlar eksperimental teatr-studiyasi” faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda
2025-11-20 18:05:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida 2025-yil 14-fevral kuni yoshlar bilan ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan 9-sonli topshiriqlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025-yil 26-martdagi RF–61-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, mamlakatimizda teatr san’atini yanada rivojlantirish, teatrlashtirilgan tadbirlar o‘tkazishning g‘oyaviy-badiiy saviyasini, ta’sirchanligini kuchaytirish, iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy salohiyatini oshirish, yuqori malakali teatr rejissyorlari va aktyorlarini amaliy tayyorlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Toshkent shahar hokimligi o‘rtasida Qo‘shma qaror tasdiqlangan bo‘lib, ayni kunlarda O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri binosidan ajratilgan joyda jihozlash ishlari olib borilmoqda.
