Yaponiyada “O‘zbekiston madaniyati kunlari” tadbirlari doirasida “Yangi O‘zbekiston” fotoko‘rgazmasi tashkil etildi
2025-12-16 15:00:00 / Yangiliklar

Tokio shahrida Yaponiyada “O‘zbekiston madaniyati kunlari” tadbirlari doirasida “Yangi O‘zbekiston” fotoko‘rgazmasi tashkil etildi.
Fotoko‘rgazmada O‘zbekiston madaniyatini, san’atini, arxitekturasini, milliy qadriyatlarini aks ettiruvchi 60 ga yaqin rasmlar, 50 dan ortiq hunarmandchilik va milliy kiyimlar, shuningdek, non mahsulotlari namoyish etilmoqda.
O'zbek xalqining tarixi, madaniyati, til va an’analari rasmlarda o‘z ifodasini topgan bo‘lib, tomoshabinni o‘ziga jalb etmoqda.
19-dekabrga qadar davom etadigan madaniyat kunlari doirasida “Yangi O‘zbekiston” fotoko‘rgazmasi tomoshabinlar uchun ochiq bo'ladi.
Yaponiyada “O‘zbekiston madaniyati kunlari” tadbirlari davom etmoqda.
Bugun, 16-dekabr kuni Yaponiya vaqti bilan soat 19:00da Yaponiyada “O‘zbekiston madaniyati kunlari” tadbirlarining ochilish marosimiga bag’ishlangan konsert dasturi bo’lib o’tadi.






