“Kasaba Uyushmalari san’at saroyi”da “The pearl of Asia” xoreografiya san’ati xalqaro festival-tanlovi bo‘lib o‘tdi
2025-12-05 13:15:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 27-noyabr kuni Toshkent shahri “Kasaba Uyushmalari san’at saroyi”da “The pearl of Asia” xoreografiya san’ati xalqaro festival-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Ushbu ijodiy loyiha Rossiya Federatsiyasining Bolgariya Respublikasidagi elchixonasi ko‘magida tashkil etilgan.
Festivalda Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli badiiy rahbari va bosh baletmeysteri – O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq artisti Ziyoda Madrahimova, shuningdek raqqosa Shukrona Kamolxo‘djayevа tashkiliy qo‘mita tomonidan taklif etilib hay’at a’zolari sifatida ishtirok etdilar.
Tanlov yakunida Ziyoda Madrahimova va Shukrona Kamolxo‘djayevа hamda doirada Ma’murjon Mirdadayevlar yosh raqs san’ati ixlosmandlari uchun mazmunli mahorat darsi o‘tkazib, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.



