Konservatoriyada Ozarbayjon xalq artistlari Elchin Hashimov va Elnur Ahmadov tomonidan mahorat darsi o‘tkazildi
2025-12-28 16:45:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida Ozarbayjon milliy konservatoriyasining professori, Ozarbayjon xalq artisti Elchin Hashimov va Ozarbayjonlik milliy konservatoriyasining professori, Ozarbayjon xalq artisti Elnur Ahmadov ishtirokida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
Ozarbayjonlik ijodkorlar Elchin Hashimov va Elnur Ahmadov talaba-yoshlarga ijrochilik mahoratini oshirish, asarni ijro qilishda nimalarga ahamiyat berish lozimligi, shuningdek, o‘zlarining boy tajribalari asosida tavsiya hamda maslahatlar berib o‘tishdi. Talaba-yoshlar ijodkorlarga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etishdi hamda ulardan atroflicha javob olishdi.








