Konservatoriyada taniqli kompozitor Aziza Sodiqova bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi
2025-12-28 13:25:00 / Yangiliklar

Kuni kecha O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Mutal Burhonov nomidagi kamer zalida Kompozitorlik va cholg‘ulashtirish kafedrasi tomonidan tashkil etilayotgan “Ijodiy uchrashuvlar” turkum tadbirlari doirasida xalqaro tanlovlar sovrindori, taniqli kompozitor Aziza Sodiqova bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda professor-oʻqituvchilar, Bastakorlik sanʼati ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan bakalavriat va magistratura bosqichi talabalar ishtirok etdi. Mazkur tadbir davomida kompozitor Aziza Sodiqova tomonidan bastalangan zamonaviy musiqiy asarlar tinglanib, ijodkor tomonidan talaba-yoshlarga sohaga doir tavsiya va maslahatlar berildi. Shu bilan birga, kompozitorning musiqiy asarlari jamlangan adabiyotlar taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumot o‘rnida, Aziza Sodiqova ijodiga mansub bir qancha musiqiy asarlar Yevropaning nufuzli sahnalarida yangragan bo‘lib, soha mutaxassislari va tinglovchilar tomonidan alohida e’tirof etilgan.


