O‘zbekiston davlat Yoshlar teatrini zamonaviy sahna texnologiyalari bilan jihozlash masalalari muhokama etildi
2025-11-25 13:20:00 / Yangiliklar

Kuni kecha Madaniyat vazirligida vazirning birinchi o'rinbosari Avazxon Tadjixanov Moskva shahridagi “APREL ARCHITECTS” kompaniyasining vakillari Mixail Razumovskiy va Aleksey Fatkinlar bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida Toshkent shahridagi O‘zbekiston davlat Yoshlar teatrini zamonaviy sahna texnologiyalari bilan jihozlash masalalari muhokama etildi.
Uchrashuvda mazkur hamkorlik teatr sahnasini modernizatsiya qilish, ilg‘or texnik yechimlarni joriy etish va ijodiy jarayonni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilishi ta'kidlandi.
Ma'lumot o'rnida, O‘zbekiston davlat Yoshlar teatri xalqaro tajriba almashish va innovatsion yondashuvlarni joriy qilish orqali tomoshabinlar uchun yanada yuqori sifatli san’at mahsulotlarini yaratishni rejalashtirmoqda.
Uchrashuvda teatr rahbari Farhod Jo'rayev ham ishtirok etib, o'z taklif va fikrlarini ma'lum qildi.



