Buxoroning qo‘g‘irchoq teatri jamoasi Moskvada bo‘lib o‘tgan xalqaro qo‘g‘irchoq teatrlari festivalida qatnashdi
2025-11-24 15:45:00 / Yangiliklar

Buxoro viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida 21-23-noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan ’’Rijiye nastroyeniye’’ nomli xalqaro qo‘g‘irchoq teatrlari festivalida muvaffaqiyatli ishtirok etib, “Buka” spektakli bilan bolajonlar va tashkilotchilarning olqishiga sazovor bo‘lishdi.
Festival natijalari esa quvonarli darajada bo‘ldi. Teatr jamoasi boshqa davlat ishtirokchilari orasida “Tomoshabin e’tirofi” nominatsiyasi bilan taqdirlandi.



